EHTIMOLIY XAVFLARNI BAHOLASHDA FORSAYT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

Mualliflar

  • Sirojiddin Muradov

Kalit so'zlar

https://doi.org/10.47390/ts-v4i3y2026N07

Kalit so'zlar

forsayt, ehtimoliy xavflar, xavflarni baholash, mehnat muhofazasi, ssenariy tahlili, ekspert baholash.

Annotasiya

Maqolada ishlab chiqarish va tashkiliy tizimlarda ehtimoliy xavflarni baholashda forsayt texnologiyasining ahamiyati tahlil qilingan. Forsayt texnologiyasi kelajakdagi xavf-xatarlarni oldindan aniqlash, ularning rivojlanish tendensiyalarini prognoz qilish va avariya yoki baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlarni taqdim etadi. Tadqiqot jarayonida forsaytning asosiy metodlari – ekspert baholash, Delphi usuli, ssenariy tahlili, trend tahlili, texnologik yo‘l xaritalari va horizon scanning – ko‘rib chiqildi. Ushbu metodlar xodimlar, texnologik jarayonlar va tashkiliy omillar ta’sirini tizimli ravishda baholash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, qisqa muddatli davrda xavflar asosan ergonomik va texnologik xatoliklarga bog‘liq bo‘lib, kichik avariyalar sodir bo‘lishi mumkin. O‘rta muddatda mushak-skelet va psixologik muammolar, stress va uyqusizlik ko‘payadi. Uzoq muddatli davrda surunkali kasalliklar, burnout va kasbiy charchoq yuzaga keladi, shuningdek ma’lumot xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar ham kuchayadi. Shu sababli ishlab chiqarish korxonalarida xavflarni baholash jarayonini muddatga qarab tizimli tashkil etish va profilaktik choralarni ilgari ko‘rish zarur. Forsayt texnologiyasini mehnat muhofazasi tizimiga integratsiya qilish nafaqat xavflarni aniqlash va baholash, balki ularning oldini olish, xodimlar hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari ushbu yondashuvning amaliy ahamiyatini ilmiy asosda tasdiqlaydi.

Manbalar

1. Holz Miles I., Saritas O., Sokolov A. Foresight for Science, Technology and Innovation. – Cham: Springer, 2016. – 372 p.

2. Georghiou L., Cassingena Harper J., Keenan M., Miles I. (Eds.). The Handbook of Technology Foresight. – Cheltenham: Edward Elgar Publishing, 2008. – 456 p.

3. Godet M. Creating Futures: Scenario Planning as a Strategic Management Tool. – London: Economica, 2001. – 296 p.

4. Reese Ch. D. Occupational Health and Safety Management. – Boca Raton: CRC Press, 2016. – 412 p.

5. Hughes P., Ferrett E. Introduction to Health and Safety at Work. – Oxford: Butterworth-Heinemann, 2015. – 502 p.

6. Raximov A.M. Mehnat muhofazasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti, 2018. – 384 p.

7. Reason J. Managing the Risks of Organizational Accidents. – London: Ashgate, 1997. – 272 p.

8. Popper R. How are foresight methods selected? – Technological Forecasting and Social Change, 2008, Vol. 75, No. 9, P. 1513–1525.

9. Stirling A. Opening up and closing down: Power, participation, and pluralism in the social appraisal of technology. – Science, Technology, & Human Values, 2008, Vol. 33, No. 2, P. 262–294.

10. Musayeva R. Foresight metodologiyasining innovatsion rivojlanish va strategik boshqaruvdagi o‘rni. – Iqtisodiyot va innovatsiyalar, 2023, №3, P. 45–58.

11. Muradov Sirojiddin Husan o‘g‘li. Forsayt texnologiyasi va uning bugungi kundagi ahamiyati. Inson kapitali va mehnatni muhofaza qilish. № (5) 2025

##submission.downloads##

Yuborilgan

2026-03-25

Nashr qilingan

2026-03-25

Qanday ko'rsatish

Muradov, S. (2026). EHTIMOLIY XAVFLARNI BAHOLASHDA FORSAYT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Techscience Uz - Topical Issues of Technical Sciences, 4(3), 53–62. https://doi.org/10.47390/ts-v4i3y2026N07

##plugins.generic.recommendBySimilarity.heading##

1 2 3 4 5 6 7 8 9 > >> 

##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##