DISPERS ARMATURALANGAN BETONLARDA QO‘LLANILADIGAN TOLALAR: TURLARI, XUSUSIYATLARI VA PVA TOLALARNING ISTIQBOLLARI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/ts-v3i12y2025N22Kalit so'zlar
Dispers armaturalangan beton; fibrabeton; polivinil spirt (PVA) tolalari; mikromexanika; yoriqlarni ko‘priklash; muhandislik sementli kompozitlar (ECC); qurilish materiallari.Annotasiya
Zamonaviy qurilish amaliyotida sement betoni yuqori siqilish mustahkamligiga ega bo‘lishiga qaramay, uning cho‘zilishdagi past mustahkamligi va mo‘rt xatti-harakati konstruksiyalarda yoriqlanish muammolarini keltirib chiqaradi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etishning samarali usullaridan biri betonni dispers armaturalash hisoblanadi. Mazkur maqolada dispers armaturalangan betonlarda qo‘llaniladigan asosiy tolalar — po‘lat, shisha, polipropilen va bazalt tolalarning fizik-mexanik xususiyatlari, afzalliklari va cheklovlari ilmiy adabiyotlar asosida tizimli tahlil qilinadi.
Maqolada polivinil spirt (PVA) tolalariga alohida e’tibor qaratilib, ularning kimyoviy kelib chiqishi, gidroliz darajasi, sementli matritsa bilan o‘zaro ta’sir mexanizmlari va yoriqlarni ko‘priklash xususiyatlari yoritiladi. Victor C. Li tomonidan ishlab chiqilgan mikromexanik yondashuv asosida PVA tolalarining yuqori deformatsiyalanish qobiliyatiga ega muhandislik sementli kompozitlar (ECC) yaratishdagi roli asoslab beriladi.
Shuningdek, PVA tolalarining boshqa tolalarga nisbatan ustunliklari taqqoshlovchi tahlil asosida ko‘rsatilib, O‘zbekistonning iqlim va ekspluatatsion sharoitlarida PVA tolali dispers armaturalangan betonlardan transport, gidrotexnika va sanoat qurilishida foydalanish istiqbollari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari PVA tolalarining yuqori samarali va uzoq xizmat muddatiga ega beton kompozitlarini ishlab chiqishda istiqbolli armaturalovchi komponent ekanligini ko‘rsatadi.
Manbalar
1. Victor C. Li “On Engineered Cementitious Composites (ECC) A Review of the Material and Its Applications” - Journal of Advanced Concrete Technology Vol. 1, No. 3, 215-230 November 2003 / Copyright © 2003 Japan Concrete Institute
2. Соломатов В.И. Развитие полиструктурной теории композиционных строительных материалов. // Известия Вузов. Строительство и архитектура. - 1985.-№8.-С. 58-64.
3. Соломатов В.И., Тахиров М.К., Тахер Шах Мд. Интенсивная технология бетонов. - М.: Стройиздат. - 1989. - 264 с.
4. Окольникова Г.Э., Белов А.П., Слинькова Е.В. Анализ свойств различных видов фибробетонов. — Системные технологии. — 2018. — № 26. — С. 206—210.
5. А. Kelly. Interface Effects and the Work of Fracture of a Fibrous Composite. Proceedings of the Royal Society of London, Series A 319 95 - 116. - 1970.
6. Barr, B. The fracture characteristics of FRC materials in shear. In: Fiber reinforced concrete, properties and applications. ACI SP-105. American Concrete Institute, Detroit, S. 27/53, 1987.
7. Рабинович Ф.Н., Клишанис Н.Д. Устойчивость стеклянных волокон к воздействиям среды гидратирующихся цементов. / Неорганические материалы: Изд. Академии наук СССР. – 1982. - № 2. – Т.18. – С. 323 – 329.
8. Пащенко А.А., Сербин В.П., Армирование цементного камня минеральным волокном. - Киев. – 1973. – 20 с. 166
9. Гутников С.И., Лазоряк Б.И., Селезнев А.Н. Стеклянные волокна. / М.: МГУ. – 2010. – 53 с.
10. Polypropylene fibres to increase fire resistance of concrete. / Project-related consultation and exchange of jobsite experience: the team of BEKAERT. // Resp. Edit.: /Joof// 06/2004. 11
11. Соболев Г.М., Зотов А.Н. Исследование свойств модифицированных мелкозернистых бетонов с полипропиленовой фиброй // Актуальные проблемы науки в агропромышленном комплексе: сб. ст. 66-й междунар. науч.-практ. конф. Караваево: Костромская ГСХА, 2015. – 220 с.
12. Aishwarya Lakshmi va boshqalar: “A review on efficiency of polypropylene fiber reinforced concrete”. “Civil Engineering Trends and Challenges for Sustainability” (CTCS-2020)
13. Василовская Н.Г., Енджиевская И.Г., Калугин И.Г. Цементные композиции, дисперсно – армированные базальтовой фиброй. / СФУ. Красноярск.: Вестник ТГАСУ. - 2011. - № 3. - С. 153-155.
14. Малова Ю. Г. Физико – химические свойства стекловолокон из алюмосиликатов базальтового состава / Дисс. на соиск. канд. техн. наук. // СПб.: СПбГУ: – 2010. – 143 с.
15. S.K.Saxena - “POLYVINYL ALCOHOL (PVA)”- Chemical and Technical Assessment // 61st JECFA
16. Salim Barbhuiya, Bibhuti Bhusan Das, Dibyendu Adak “Advancements and Perspectives in Engineered Cementitious Composites (ECC): A Comprehensive Review”
17. Hui Maa, Shunzhi Qianb, Zhigang Zhanga, Zhan Lina, Victor C. Lia - “Tailoring Engineered Cementitious Composites with local ingredients” // Construction and Building Materials 101 (2015) 584–595
18. Волков И. В., Газин Э.М., Фибробетон. Особенности и перспективы применения в строительных конструкциях. / М.: «СтройПрофиль», 2003. № 2. С. 67-69.


