Jurnal haqida

Umumiy maʼlumotlar
Techscience.uz-Texnika fanlarining dolzarb masalalari ilmiy-amaliy elektron jurnal boʻlib, u rasman 2023-yil 15-sentabr kuni 130343-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Jurnalda texnika fanlari boʻyicha dolzarb va ilmiy jihatdan asoslangan ilmiy-amaliy izlanishlar natijalarini chop etiladi.

Jurnal 2023-yildan buyon nashr etiladi.

Nashrning tili
Jurnal va undagi maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.

 Jurnalning boʻlimlari
Nashrda 05.00.00-Texnika fanlari boʻyicha maqolalar chop etiladi.

Jurnalning foydalanish uchun ochiqligi
Jurnal nashr etilgan sonlari va undagi maqolalar foydalanish uchun ochiq va bepul. Eʼlon qilingan nashrlar scienceproblems.uz saytining arxiv boʻlimida joylashtirilgan.

 Taqrizlash siyosati
Taqdim etilgan barcha qoʻlyozmalar muallifi koʻrsatilmagan holda tegishli soha boʻyicha mutaxassisga taqrizlash uchun yuboriladi. Taqrizchi tomonidan nashrga tavsiya etilgan va ijobiy taqrizlangan maqolalargina chop etiladi.

Antiplagiat tekshiruvi
Tahririyatga kelib tushgan barcha maqolalar maxsus antiplagiat dasturida tekshirib chiqiladi va oʻzlashtirish darajasi 15 foizdan oshmasligi (originallik 85 foizni tashkil etishi) lozim.

Nashrning davriyligi
Jurnal qoida tariqasida bir oyda bir marotaba chop etiladi. Shuningdek, tahririyat tavsiyasiga koʻra, jurnalning qoʻshimcha va maxsus sonlari ham chop etilishi mumkin.

 ISSN
Nashrning xalqaro standartlar asosida boʻlishini taʼminlash maqsadida unga ISSN 3030-3702 raqami olingan.

 Crossref DOI
Tahririyat Crossref DOI ning rasmiy aʼzosi hisoblanadi va 10.47.390 DOI prefiksiga ega. Har bir nashr va ilmiy maqolaga individual Crossref DOI raqami beriladi.

 Muassis
Jurnal “SCIENCEPROBLEMS TEAM” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan taʼsis etilgan.

Tahririyat
Manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi, 70/10-uy.
Elektron manzil: scienceproblems.uz@gmail.com
Telegram kanal: https://t.me/Scienceproblemsteam_uz
Telefon raqami (telegram): +998996020984

Current Issue

Vol. 2 No. 3 (2024): TEXNIKA FANLARINING DOLZARB MASALALARI
View All Issues