MASHINAVIY O‘QITISH YORDAMIDA VEB ILOVALARDA BOTLARNI FOYDALANUVCHI XATTI-HARAKATLARIGA ASOSLANGAN HOLDA ANIQLASH
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/ts-v3i5y2025N2Kalit so'zlar
bot aniqlash, mashinaviy o‘rganish, foydalanuvchi xatti-harakatlari, ONNX modeli, real vaqtda tahlil, CAPTCHA alternativlariAnnotasiya
Ushbu maqolada veb-ilovalarda foydalanuvchilar va botlarni ajratish uchun mashinaviy o‘rganish (ML) asosida ishlovchi innovatsion yondashuv taklif etilgan. An'anaviy usullar (masalan, CAPTCHA) samaradorligining pasayishi va foydalanuvchilar uchun noqulayliklar tug‘dirishi sababli, mualliflar foydalanuvchilarning interaktiv harakatlari (sichqoncha harakati, klaviatura bosishlar, skroll qilish va boshqa parametrlar) asosida botlarni aniqlashni taklif qiladi.
Tadqiqotda ONNX formatidagi yengil neyron tarmoq modeli qo‘llanilib, real vaqtda yuqori aniqlik (93.5%) va past xato darajasi bilan botlarni aniqlash imkoniyati namoyish etilgan. Modelning asosiy afzalliklari – foydalanuvchi tajribasiga ta’sirsizlik, tezkor ishlash (<50ms) va turli qurilmalarga moslashuvchanlikdir