SINOV LABORATORIYALARIDA QURILMALARNI BOSHQARISHDA TAKOMILLASHTIRILGAN SIFATNI BOSHQARISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH VA JORIY QILISH
DOI:
https://doi.org/10.47390/issn3030-3702v3i4y2025N03Ключевые слова:
sifat menejmenti, sinov laboratoriyasi, ISO/IEC 17025, metrologik taʼminot, oʻlchov noaniqligi, akkreditatsiya.Аннотация
Mazkur maqolada sinov laboratoriyalarida qurilmalarni boshqarish jarayonlarida takomillashtirilgan sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish, joriy qilish va uning texnik-iqtisodiy samaradorligini baholash yoritilgan. Tadqiqotda ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standartiga muvofiq tizimli yondashuv asosida laboratoriya jarayonlarini standartlashtirish va avtomatlashtirishga qaratilgan sifat boshqaruv modeli ishlab chiqildi. Bunda laboratoriyadagi mavjud oʻlchov vositalari, kalibrlash usullari, xavflarni aniqlash va boshqarish algoritmlari chuqur tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalarida qurilmalarning ish faoliyatini monitoring qilish, oʻlchash noaniqliklarini kamaytirish va xavfsiz laboratoriya muhitini yaratishga xizmat qiluvchi metodologiyalar ishlab chiqildi. Taklif etilgan model sinov jarayonlarining aniqligi, takrorlanuvchanligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi hamda xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlik darajasini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Tadqiqotda metrologik taʼminot, axborot texnologiyalari asosida qurilma monitoringi, xavflarni baholash (FMEA) hamda SCADA tizimlariga asoslangan nazorat modullari kabi zamonaviy usullar qoʻllanildi. Shuningdek, ishlab chiqilgan tizimning samaradorligi MATLAB/Python platformasida modellashtirilib, real laboratoriya muhitida sinovdan oʻtkazildi.
Maqolada ilgari surilgan takomillashtirilgan sifat menejmenti yondashuvi laboratoriyalarni raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish, texnik xizmat muddatini uzaytirish va resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari sinov laboratoriyalari faoliyatining barcha bosqichlarini optimallashtirishga, xalqaro standartlarga muvofiqlikni taʼminlashga hamda texnik-iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy asos sifatida xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
1. ISO/IEC 17025:2017 – General requirements for the competence of testing and calibration laboratories.
2. ISO 9001:2015 – Quality management systems – Requirements.
3. ILAC-G8:03/2009 – Guidelines on the reporting of compliance with specification.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 fevraldagi OʻRQ-820-sonli Qonuni.
5. PF-6240 (02.06.2021) – Texnik jihatdan tartibga solish islohotlari toʻgʻrisida.
6. PQ-5133 (20.06.2021) – Muvofiqlik baholash boʻyicha chora-tadbirlar.
7. VMQ 349-son qarori (24.04.2019) – Sinov laboratoriyalarining akkreditatsiyasi.